BekWEB
Assalomu alaykum, Mehmon!
Resurs yangiliklari
[Rasm Yo`q]

A seriya. “Atalanta” Neapoldan keyin Rimda zafar quchdi. Immobileda poker, Bonuchchida “Milan”dagi debyut gol

Qo`shdi: Admin (07.01.2018 / 08:41)
Spaletti boshchilik qilayotgan “Inter” ketma-ket besh o‘yindan buyon raqiblarini taslim qila olayotgani yo‘q. Bu safar milanlik futbolchilar Florensiyadagi o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi.“Roma” esa turning markaziy o‘yinida “Atalanta”dan 45 daqiqa davomida 1 ta ko‘p o‘ynab, yakunda baribir mag‘lub bo‘ldi. “Atalanta” yangi yil arafasida Neapolda “Napoli”ni yengib, Italiya Kubogining yarim finaliga yo‘l olgandi. Endi esa A seriyada yetakchilar “qonini ichishni” boshlashdi. Mazkur klub Yevropa Ligasida “Everton”, “Lion” kabilardan ustun bo‘la olgandi.

“Milan” uchun 2018-yil omadli start oldi. Mavsum boshida “Yuventus”dan sotib olingan va jamoa sardoriga aylantirilgan Leonardo Bonuchchi milanliklar safidagi debyut golini urib, jamoasiga 3 ochko keltirdi.“Latsio” safida esa Chiro Immobile 4 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi. Natijada u 18 ta o‘yindagi 20 ta goli bilan to‘purarlar poygasida peshqadam bo‘lib oldi. “Inter”ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi esa 20 ta o‘yinda 18 ta gol urishga erishib, ikkinchi bo‘lib turibdi.
Yangiliklarga
Профиль
Статистика
Statok.netimtop.suАнализ сайта www.yoshlar.proonstata.ru

© → Yoshlar.Pro | Yoshlar Bob Portal 2о16-2018