BekWEB
Assalomu alaykum, Mehmon!
Resurs yangiliklari
[Rasm Yo`q]

O‘zbekistonda davlat idoralari ishidan qoniquvchilar soni 5 foizga oshdi

Qo`shdi: Voydoda (07.01.2018 / 17:09)
“Ijtimoiy fikr” markazi mingdan ortiq respondent orasida O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar va fuqarolarning ularga munosabati yuzasidan tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqot natijalari markaz tomonidan “Daryo”ga taqdim etildi.

Natijalardan ma’lum bo‘lishicha, hisobot davrida — 2017-yilning oxirgi uch oyida fuqarolarning davlat boshqaruvi va joylardagi ijro hokimiyatiorganlari faoliyatiga bergan bahosida ijobiy tendensiya kuzatildi:
2017-yilning birinchi choragida respondentlarning 47,1 foizi davlat idoralari ishidan qoniqish hosil qilgan bo‘lsa, to‘rtinchi chorakka kelib bu ko‘rsatkich 52,3 foizni tashkil etdi.

Aholining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari ¬faoliyatidan fuqarolar qoniqishining eng yuqori darajasi Surxondaryo (86,7 foiz), Namangan (75,6 foiz) va Sirdaryo (75 foiz) viloyatlarida aniqlandi. Farg‘ona va Jizzax viloyatlari aholisining bu borada bergan ¬bahosi mamlakat bo‘yicha o‘rtacha darajadan past bo‘ldi.

Tadqiqot jarayonida fuqarolar joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatiga doir axborotning ochiqlik darajasini ham belgiladilar. Har ikkinchi respondent ayni jabhadagi axborot ochiq va ulardan foydalanish mumkin, deb hisoblaydi. To‘rt chorak mobaynidagi so‘rovlar monitoringi bu ko‘rsatkich 10,5 foizga o‘sganini tasdiqladi.

Shuning barobarida, har uchinchi respondent davlat idoralari faoliyati haqidagi axborot hammaga ham ochiqemasligini va ulardan barcha birdek foydalana olmasligini ta’kidlaydi.
Yangiliklarga
Профиль
Статистика
Statok.netimtop.suАнализ сайта www.yoshlar.proonstata.ru

© → Yoshlar.Pro | Yoshlar Bob Portal 2о16-2018