BekWEB
Assalomu alaykum, Mehmon!
Resurs yangiliklari
[Rasm Yo`q]

Prezident Captiva sovg‘a qilgan Alisher Qurbonov nima uchun Qoraqalpog‘istonga qaytgan?

Qo`shdi: Voydoda (07.01.2018 / 17:19)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida barpo etilayotgan zamonaviylogistika markazida fermer xo‘jalik rahbari Qutlimurat Panayev bilan suhbatlashib, Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik bo‘yicha ishlagan doktor Alisher Qurbonovga Qoraqalpog‘istonga qaytib ishlayotgani uchun Captiva avtomashinasini sovg‘a qilgani haqida ma’lumot berib o‘tgan edik.

Xo‘sh Alisher Qurbonov nima uchun vaqanday qilib yana Qoraqalpog‘istonga qaytdi? “Yerkin Qaraqalpaqstan” nashri bu savolga javob olish uchun A.Qurbonov bilan suhbatlashdi,deb yozadi “KRuz.uz”.

“2017-yili Panaev farms fermer xo‘jaligi rahbari Islam Panayev Germaniyaga seminttal nasilli qoramol sotib olishga bordi. Shunda men unga 60 bosh simmental nasilli mol, Avstriyadan 300 bosh echki sotib olishda o‘z maslahatlarim bilan yordamlashdim. Sentabr oyida qishloqqa navbatdagi mehnat dam olishiga kelganimda, shu olib bergan mollarning holatini ko‘rish maqsadida fermer xo‘jaligida bo‘lganimda bu yerdagi ishlarda o‘zgarish kiritish shart va tartibga solish zarur bo‘lgan holatlarni ko‘rdim.

Ana shundan boshlab ushbu xo‘jalikning ishlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va iqtisodiy tomondantartibga solish bo‘yicha o‘zimning masalahatlarimni berib, menenjer lavozimida ishlab kelmoqdaman. Hozirbu xo‘jalikning chorvachilikdagi holati ancha yaxshi tomonga o‘zgardi. Bahorda sotib olib kelingan mollarimizning soni 130 boshga yetdi. Shuningdek, fermada Gollandiyadan olib kelingan golshtin nasilli qoramollar ham boqilmoqda. Hozirgi kunlari ularning har biridan kuniga o‘rtacha 20 litrdan sut sog‘ib olinib, o‘zlarimizda qayta ishlanib, Panamilk markasi bilan 55 turdagi sut mahsulotlari tayyorlanib, savdo o‘rinlariga yetkazib berilmoqda”, — deydi Alisher Qurbonov.
Yangiliklarga
Профиль
Статистика
Statok.netimtop.suАнализ сайта www.yoshlar.proonstata.ru

© → Yoshlar.Pro | Yoshlar Bob Portal 2о16-2018